Yevroosiyo kun tartibi 38 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Belarusdagi oxirgi vaziyat haqida so‘z qilamiz.

1496432
Yevroosiyo kun tartibi 38 - qism

2020 – yilning 9 – avgusti kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidan beri Belarusda muxolifat guruhning norozilik namoyishlari davom etmoqda. Undan beri oradan bir yarim oy o‘tishiga qaramay tomonlar til topisha olmagandek. Shunday ekan keling dasturimizning bugungi sonida, oxirgi bir yarim oyda, Belarusda yuz bergan muhim voqealarni ko‘rib chiqaylik.   

Avgust oyining ikkinchi yarmida Belarusdagi buyuk fabrikalarning ishchilari ish tashladi. Xuddi shu kunlarda muxolifat guruh hukumat bilan muloqot ornatish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzdi. Mamlakatning amaldagi hukumati, bu kengashga a’zo bolgan adabiyot sohasida Nobel mukofatiga sazovor yozuvchi Svetlana Aleksievichdan tashqari hammani, “milliy xavfsizlikka tahdit tashkil etmoqda” degan ayblov bilan hibsga oldi. Ayrim a'zolar esa chet elga chiqarildi.

27 – avgust kuni Vladimir Putin huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat zaxira tuzilganini, zarur holatda ularning Belarusga yuborilishi mumkinligini ma’lum qildi.

28 – avgust kuni esa Ukraina Tashqi Ishlar vazirligi Belarus bilan barcha aloqalarini to’xtatganini yetkazdi.

31 – avgust kuni Latviya, Litva va Estoniya belaruslik 30 nafar amaldorni shu jumladan, Aleksandr Lukashenkoni ham yurtlariga kirishlarini man etdi.

Sentabr oyi boshlarida muxolifat guruh lideri Svetlana Tixanovskaya Yevropa Parlamenti, BMT Xavfsizlik Kengashi bilan onlayn tarzda uchrashdi. Unda Tixanovskaya Lukashenkoning qonuniyligini yo'qotganini ilgari surdi.

10 - sentabr kuni Xalqaro valyuta fondi pandemiya paytida Belorusga 940 million dollarlik moliyaviy yordam berish taklifini rad etdi. 14 - sentabr kuni Lukashenko Sochida Vladimir Putin bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida Rossiyaning Belorusga 1,5 milliard dollarlik yordam berishi ma'lum qilindi. Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy Yevropa ittifoqiga, Marshall rejasi asosida Belorusga 1 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko’rsatishini taklif qildi.

14 - sentabr kuni Belorusning g'arbiy qismida "Slavyan qardoshligi - 2020" degan nom ostidagi qo’shma harbiy mashg'ulotlari boshlandi. Ushbu harbiy mashg'ulotda rus askarlari ishtirok etar ekan Serbiya, g'arbning bosimi bilan oxirgi daqiqalarda mashqda ishtirok etishdan voz kechdi.

Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Belarusda inson huquqi paymoli masalasini tekshirib chiqish maqsadida dunyoning 17 davlati vakili ishtirokida maxsus komissiya tuzdi. Muxolifatdan ba'zilari zo’rovonlik qilgan va qo’li qonga bulangan niqobli xavfsizlik kuchlarining kim ekanligini oshkor qilish ustida ish olib borayotganliklarini ma’lum qildilar.

Yevropa parlamentining 574 a’zosi, namoyishchilarga qilgan zo'ravonligi uchun 2020 - yilning 5 – noyabri kuni prezidentlik muddati tugaydigan Aleksandr Lukashenkoni tan olmaslik va unga nisbatan sanksiya kiritish haqida qaror qabul qildi. G'arbning ushbu qarori oldida Lukashenko Litva, Polsha chegaralarini bekitishini, Ukraina chegarasidagi nazoratni kuchaytirish va bo’lib o’tgan saylovning G'arb tomonidan tan olinishi shart emasligini bildirdi.

Ma’lum bo’lganidek Belorusda tomonlar muloqot o’rniga jabhalashish yo’lida ilgarilamoqda. G'arb, Lukashenko yetakchiligiga qarshi bosim o'tkazmoqchi lekim Kreml Lukashenkoni qo'llab-quvvatlash tarafdori. Shuni ta'kidlash kerakki, Aleksandr Lukashenkoning chegaralarni yopish harakatini darhol amalga oshirish qiyin. Chunki chegaralar yopilsa nafaqat Belorus, balki sharq va g'arb savdo-sotiqlari ham to'xtaydi. Eng yomoni buning hisob - kitobi hamma uchun og'ir bo'ladi. Belorusdagi tomonlarning o'z maqsadlaridan voz kechishni istamasliklari, provokatorlarning aralashuvi bilan qonli to'qnashuvlarga aylanish xavfini tug'dirmoqda. Lukashenko o'zining qasam ichish marosimiga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda, muxoliflar undan o'z lavozimidan ketishini talab qilmoqdalar. Bu yilgi kuz mavsumi, beloruslarning kelajagi jihatidan hal qiluvchi mavsum bo'ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 


Tanlangan kalimalar: #namoyish , #Belarus , #Lukashenko , #saylov

Aloqador xabarlar