YPG/ PKK terror tashkiloti Suriyada tinch aholini nishonga ola boshladi

Turkiyaning janubiy chegarasida tashkil etilishi rejalashtirilgan terror yo’lagini yo’q qilish va mintaqada tinchlik o’rnatish maqsadida boshlatilgan “Tinchlik bulog’i” amaliyoti ortidan YPG/ PKK Suriyada tinch aholini nishonga ola boshladi.

1285506
YPG/ PKK terror tashkiloti Suriyada tinch aholini nishonga ola boshladi

Suriyada Firot daryosining sharqini bosib olgan YPG/ PKK terror tashkiloti Jarablusda tinch aholi jon saqlagan lager va turar-joy punktlarini bombaladi.

Turkiyaning janubiy chegarasida tashkil etilishi rejalashtirilgan terror yo’lagini yo’q qilish va mintaqada tinchlik o’rnatish maqsadida boshlatilgan “Tinchlik bulog’i” amaliyoti ortidan YPG/ PKK terror tashkiloti Suriyada tinch aholini nishonga ola boshladi.

Terroristlar Suriya-Turkiya chegarasida, Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqada o’rin olgan Jarablus tumanida tinch aholi jon saqlagan lager va turar-joy punktlariga qarshi hujum uyushtirdi.

Unda tinch aholidan 1 kishi jon berar ekan, jon berganlardan tashqari 7 kishi tan jarohati oldi.

Aytib o’tish joizki Jarablus, Turk Qurolli kuchlari va suriyalik turli jangchilar tomonidan olib borilgan Firot qalqoni amaliyoti orqali 2016-yilning avgust oyida DEASh terror tashkilotidan qutqargan edi.



Aloqador xabarlar