YPG/ PYD terror tashkiloti lagerda olib o’tirgan DEAShga a’zo 10 ayolni ozod etdi

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti lagerda olib o’tirgan DEASh terror tashkilotiga a’zo 10 ayolni ozod etdi.

1288767

Fransiyaning “Le Parisien” gazetasining ikki muxbiri tomonidan maydonda olib borilgan faoliyatlarga tayangan ma’lumotiga ko’ra Suriyaning Rakka shahriga 50 kilometr uzoqlikda o’rin olgan lagerlardan birida YPG/ PYD terror tashkiloti a’zolari DEASh terror tashkilotiga a’zo 10 nafar fransuz ayolni 25 bolasi bilan birgalikda ozod etgan.  

Ma’lumotda bergan ko’rsatmasiga o’rin berilgan va ozod etilgan ayollardan biri “Kurdlar (YPG/ PKK a’zolari) bizga birdaniga ‘bu yerdan chiqing’ dedi. Biz hech narsani tushunmadik. Keyin hammasi ketdi va tinch aholi qoldi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ozod etilgan ayollardan yana biri esa, “Tinch aholi hozir bizga yordam beryapti. Fransiya bizni qabul qilmayapti. Kurdlar (YPG/ PKK a’zolari)  bizni Bashar al-Asad rejimiga topshirmoqchi. Yordam kutyapmiz” deganligi ma’lum bo’ldi.  

Ma’lumot yakunida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti nazoratidagi turli lagerlarda yuzlab fransuz oilaning nazorat ostida ushlab turilganligi aytildi.

Aloqador xabarlar