Zaxarova: Rossiya, Qorabog‘da barqarorlikni ta’minlash uchun Turkiya bilan aloqada

Haftalik matbuot anjumanida gapirgan Zaxarova Turkiya bilan siyosiy, diplomatik sohasida bo‘lganidek harbiy tarmoqda ham hamkorlik ichida ekanliklarini ifoda etdi.

1535618
Zaxarova: Rossiya, Qorabog‘da barqarorlikni ta’minlash uchun Turkiya bilan aloqada

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Matbuot xizmati kotibi Mariya Zaxarova Tog‘li Qorabog‘da barqarorlikni ta’minlash uchun Turkiya bilan aloqada ekanliklarini qayd etdi.

Haftalik matbuot anjumanida gapirgan Zaxarova Turkiya bilan siyosiy, diplomatik sohasida bo‘lganidek harbiy tarmoqda ham hamkorlik ichida ekanliklarini ifoda etdi.  

“Albatta, bularning qay yo‘lda davom etishi mintaqadagi vaziyatni muvozanatli ravishda qo‘lga olgan davlat rahbarlari tomonidan aniqlanmoqda”. – dedi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 10 – noyabrdan e’tiboran Tog‘li Qorabog‘da urushning to‘xtashi uchun bir kelishuvga qo‘l qo‘ygandi.

Unga ko‘ra Rossiyaning, jabha chizig‘i va Lochin yo‘lagi bo‘ylab yengil qurolli 1960 askari, 90 ta personal tashuvchi zirxli vositasi, 380 ta avtomobili va maxsus transportining o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek,

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Lavrov bilan Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning uchrashuvi natijasida, 11 – noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini nazorat qiluvchi Turk – rus markazining tashkil etilishi ustida anglashuv memorandumiga qo‘l qo‘yilgan.



Aloqador xabarlar