O'tgan yili Istanbulga 20 milliondan ortiq sayyoh kelgan

Euromonitor International bozor tadqiqot kompaniyasi 2023-yilda eng ko‘p tashrif buyurilgan shaharlarni e’lon qildi. Ro‘yxatga Turkiyadan ikki shahar kiritildi.

2113550
O'tgan yili Istanbulga 20 milliondan ortiq sayyoh kelgan

 

2023-yilda eng ko‘p sayyoh tashrif buyurgan shahar Istanbul bo‘ldi.

Euromonitor International bozor tadqiqot kompaniyasi 2023-yilda eng ko‘p tashrif buyurilgan shaharlarni e’lon qildi. Ro‘yxatga Turkiyadan ikki shahar kiritildi.

Istanbul 20 million 200 ming kishi bilan birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, London 18 million 800 ming tashrif bilan ikkinchi, Dubay 16 million 800 ming tashrif bilan uchinchi o'rinni egalladi. Antaliya 15 million 700 ming ziyoratchi bilan ro'yxatda to'rtinchi o'rinni egalladi.

Roʻyxatda eng koʻp tashrif buyuriladigan 10 ta shahar quyidagicha sanab oʻtilgan:

• Istanbul (Turkiya),

• London (Britaniya),

• Dubay (Birlashgan Arab Amirliklari),

• Antaliya (Turkiya),

• Parij (Fransiya),

• Gonkong (Xitoy),

• Bangkok (Tailand),

• Nyu-York shahri (AQSh),

• Kankun (Meksika),

• Makka (Saudiya Arabistoni)


Tanlangan kalimalar: #Istanbul

Aloqador xabarlar