Turkiya 146 davlatga 8 652 tonna qahva eksport qildi

Qahva eksportidan tushgan daromad 57 million 491 ming 128 dollarni tashkil qildi.

2113728
Turkiya 146 davlatga 8 652 tonna qahva eksport qildi

 

Turkiya o'tgan yili 146 davlatga 8 ming 652 tonna qahva eksport qildi.

Undan tushgan daromad 57 million 491 ming 128 dollarni tashkil qildi.

Turkiya Statistika Instituti (TUIK) ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan yili Turkiyadan butun dunyoga 8 ming 652 tonna qahva sotilgan.

Qahva eksportidan tushgan daromad 57 million 491 ming 128 dollarni tashkil etdi.

Turkiyadan eksport qilingan qahvaga eng ko'p talab ko'rsatgan davlat Suriya bo'ldi. O‘tgan yili bu davlatga 10 million 470 ming 784 dollarlik qahva eksport qilingandi.

Suriyadan keyin 8 million 532 ming 753 dollar bilan Belarus, 6 million 576 ming 522 dollar bilan Rossiya o'rin oldi.

AQSh, Gollandiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Saudiya Arabistoni va Buyuk Britaniya ham Turkiyadan qahva eksport qilgan davlatlar qatoriga kiradi.

 


Tanlangan kalimalar: #eksport , #qahva , #Turkiya

Aloqador xabarlar