Bugun Rossiyadan Antaliyaga 12 mingdan ortiq turist kelishi kutilmoqda

Rossiya poytaxti Moskvadagi Vnukova aeroportidan parvoz qilgan Turk Havo Yo’llariga oid samolyot 132 yo’lovchisi bilan Turkiya vaqti bilan soat 05:40da Antaliya aeroportiga qo’ndi.

1662525
Bugun Rossiyadan Antaliyaga 12 mingdan ortiq turist kelishi kutilmoqda

 

Bugun Rossiyadan turizm poytaxti Antaliya shahriga ko’plab turistlar tashrif buyurdi.

Ma’lumki, Rossiya 15 apreldan boshlab Turkiya hududida koronavirus epideniyasi tarqalishi avj olganligi tufayli parvozlarni cheklagan edi. Cheklov muddati bugun, 22 iyun kuni o’z nihoyasiga yetdi.

Shu sababli, Rossiya poytaxti Moskvadagi Vnukova aeroportidan parvoz qilgan Turk Havo Yo’llariga oid samolyot 132 yo’lovchisi bilan Turkiya vaqti bilan soat 05:40da Antaliya aeroportiga qo’ndi.

Rus turistlar Antaliya aeroportidagi maxsus tekshiruvlardan so’ng, buyurtma berilgan mehmonxonalarga joylashtirildi.

Ma’lumotga ko’ra, bugun Rossiyadan Antaliyaga yana 44 samolyotda 12 mingdan ortiq turist kelishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #turist , #Antaliya , #Turkiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar