Joriy yilda Turkiyadan xorijga 2753 tonna choy eksport qilindi

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar ittifoqi ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yil yanvar-avgust oyi mobaynida Turkiyadan 103 davlatga 10 mln 772 ming dollarlik choy eksport qilindi.

1490258
Joriy yilda Turkiyadan xorijga 2753 tonna choy eksport qilindi

 

Turkiya joriy yilda 103 davlatga 10 mln 772 ming dollarlik choy eksport qildi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar ittifoqi ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yil yanvar-avgust oyi mobaynida xorij mamlakatlarga 2753 tonna choy mahsuloti eksport qilindi.

Bu davrda eksport qilingan choy miqdori o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 15 foiz oshdi. Qiymat jihatidan esa o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 33 foiz oshib, 10 mln 772 ming dollarni tashkil qildi.

Turkiya bu davrda jami 103 davlatga choy eksport qildi. Belgiya, Germaniya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, AQSh va Gollandiya shular jumlasidandir.

Choy eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Belgiya (3 mln 915 ming dollar) birinchi o’rinda turibdi. Germaniya (1 mln 339 ming dollar) ikkinchi, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (710 ming dollar) uchinchi, AQSh (709 ming dollar) to’rtinchi, Gollandiya (639 ming dollar) beshinchi o’rindan joy oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #choy eksporti , #Turkiya

Aloqador xabarlar