O'zbekiston 79,3 ming tonnadan ziyod qovun-tarvuz eksport qildi
Joriy yilning 1-sentyabr holatiga ko'ra, O'zbekistondan qiymati 24,4 million AQSH dollariga teng bo'lgan 79,3 ming tonnadan ziyod qovun-tarvuz xorijga eksport qilindi.
Joriy yilning 1-sentyabr holatiga ko'ra, qiymati 24,4 million AQSH dollariga teng bo'lgan 79,3 ming tonnadan ziyod qovun-tarvuz xorijga eksport qilindi. Bu yil O'zbekiston 18 ta davlatga qovun-tarvuz sotgan.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, qovun-tarvuz eksporti bo'yicha Qozog'iston 39,9 ming tonna ko'rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi orinlarda Rossiya Federatsiyasi (16,2 ming tonna) va Qirg'iziston Respublikasini (14,6 ming tonna) ko'rish mumkin.
Qovun eksportida Jizzax viloyati 7,6 ming tonna va tarvuz eksportida Qashqadaryo viloyati 7,2 ming tonna ko'rsatkich bilan hududlar orasida yetakchilik qilmoqda.
Aloqador xabarlar
Amasradagi kruiz turizmida ortish kuzatildi
Amasra, sayohat qilish uchun eng chiroyli shaharlardan biri sifatida qayd etilmoqda.