Turkiyadan Rossiyaga mahsulot eksportida 5 foizlik ortish...

Yilning dastlabki choragida Rossiyaga 866 mln 551 ming 222 dollar hajmida mahsulot eksport qilindi.

1180674
Turkiyadan Rossiyaga mahsulot eksportida 5 foizlik ortish...

 

Turkiyadan joriy yilning dastlabki choragida Rossiyaga amalga oshirilgan eksport o’tgan yilning ayni choragiga nisbatan taxminan 5 foiz oshdi.

Ya’ni, yilning dastlabki choragida Rossiyaga 866 mln 551 ming 222 dollar hajmida mahsulot eksport qilindi.

Sharqiy Qora dengiz fermerler uyushmasi ma’lumotlariga ko’ra, yilning dastlabki choragida Turkiyadagi jami 27 ta xo’jalikdan jami 621 ming 744 tonna mahsulot sotilgan.

O’tgan yilning ayni choragida Rossiyaga 826 mln 935 ming 504 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan edi.

Natijada, Rossiyaga mahsulot eksporti o’tgan yilning ayni choragiga nisbatan taxminan 5 foiz ortish ko’rsatdi.

Rossiyaga mahsulot eksportida meva sabzavot mahsulotlari birinchi o’rinda turadi. Bundan tushgan daromad 147 mln 28 ming 391 dollarni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, 125 mln 287 ming 221 dollar bilan transport vositalari va qo’shma sanoat mahsulotlari, 93 mln 691 ming 527 dollar bilan kimyoviy moddalar va mahsulotlari ham Rossiyaga eksport qilinmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #eksport

Aloqador xabarlar