Yevropa Ittifoqi 2017 yili 4 mln tonna shokolad mahsuloti ishlab chiqardi

Yevropa statistika ofisi ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yili Germaniya 1.3 mln tonnadan ortiq (32%) shokolad mahsuloti ishlab chiqarish bilan Yevropada birinchi o’ringa chiqdi.

1185254
Yevropa Ittifoqi 2017 yili 4 mln tonna shokolad mahsuloti ishlab chiqardi

 

 

Yevropa Ittifoqi 2017 yili 4 mln tonna shokolad mahsuloti ishlab chiqardi.

Shokolad mahsuloti ishlab chiqarish bo’yicha Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar orasida Germaniya birinchi o’rinda turadi.

Yevropa statistika ofisi (Evrostat) ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yili Germaniya 1.3 mln tonnadan ortiq (32%) shokolad mahsuloti ishlab chiqarish bilan Yevropada birinchi o’ringa chiqdi.

2017 yili Italiya 700 ming tonna, Fransiya va Gollandiya 400 ming tonnadan, Buyuk Britaniya 300 ming tonna, Belgiya taxminan 300 ming tonna va Polsha 200 ming tonna va Ispaniya 100 ming tonna shokolad mahsuloti ishlab chiqardi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning barchasida ishlab chiqarilgan shokoladning umumiy miqdori 4 mln tonnani (90%) tashkil qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Germaniya , #shokolad

Aloqador xabarlar