Joriy yilda Turkiyadan xorijga 2945 tonna asal eksport qilindi

Asal eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Germaniya birinchi o’rinda turadi. Bu davrda Turkiyadan Germaniyaga 3 mln 721 ming 369 dollarlik asal eksport qilindi.

1259364
Joriy yilda Turkiyadan xorijga 2945 tonna asal eksport qilindi

 

Turkiyadan xorijga asal eksportida ortish kuzatildi.

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar ittifoqi ma’lum qilishicha, Turkiyadan xorij davlatlarga yilning dastlabki 7 oyida 2945 tonna asal mahsuloti eksport qilindi. Bundan tushgan daromad 12 mln 857 ming 187 dollarni tashkil qildi.

Asal eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Germaniya birinchi o’rinda turadi. Bu davrda Turkiyadan Germaniyaga 3 mln 721 ming 369 dollarlik asal eksport qilindi. Bu esa miqdor jihatidan 1038 tonnani tashkil qiladi.

Amerika Qo’shma Shtatlari bu ro’yxatda ikkinchi o’rinda turadi. Bu davr mobaynida Amerikaga 2 mln 459 ming 724 dollarlik asal eksport qilindi. Saudiya Arabistoniga 2 mln 6 ming 874 dollarlik, Quvaytga 852 ming 418 dollarlik, Avstriyaga 458 ming 396 dollarlik asal eksport qilindi.

Bundan tashqari Xitoy, Bolgariya, Liviya, Shvetsiya, BAA, Bosniya-Gersegovina, Gretsiya, Somali, Mo’g’uliston, Afg’oniston va Marokash davlatlari ham asal eksport qilingan davlatlar qatoridan joy oldi.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #asal , #Turkiya

Aloqador xabarlar