Turkiyada tashqi savdo kamomadi 61.3 foizga pasaydi

Turkiya eksportchilar majlisi sektorlar kengashi a’zosi Rustam Chetinkaya yilning 8 oyida eksport darajasi ortar ekan, import pasayganligini bildirdi.

1264376
Turkiyada tashqi savdo kamomadi 61.3 foizga pasaydi

 

Turkiya eksportchilar majlisi sektorlar kengashi a’zosi Rustam Chetinkaya yilning 8 oyida eksport darajasi ortar ekan, import pasayganligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, umumiy savdo tizimiga ko’ra eksport avgust oyida ham o’sishda davom etmoqda va 1.69 foizlik ortish bilan 13 mlrd 150 mln dollarga yetdi. Import esa pasayib bormoqda.

Chetinkaya tashqi savdo kamomadi 9.88 foiz pasayish bilan 2 mlrd 376 mln dollarga pasayganligini ma’lum qildi. Eksportning importni qoplash nisbati 84.7 foizga pasaydi. Ushbu nisbatn 2018 yil avgust oyida 83.1 foizni tashkil qilardi.

Uning so’zlariga ko’ra, yanvar-avgust oyida eksport 2.9 foiz o’sib, 117.2 mlrd dollarga yetdi. Bu raqam 8 oylik davrda qo’lga kiritilgan rekord hisoblanadi. Shu bilan 182 mlrd dollarlik ko’zlangan maqsadga erishish arafasiga keldi.

"8 oyda import darajasi 16.92 foizlik pasayish bilan 136.9 mlrd dollarga kamaydi. Eksportdagi o'sishga parallel ravishda importda yuzaga kelgan pasayish tashqi savdo kamomadini yilning 8 oyida 61.3 foiz bilan 19 mlrd 662 mln dollarga kamaytirdi",-deb aytgan Turkiya eksportchilar majlisi sektorlar kengashi a’zosi Rustam Chetinkaya.

 

 


Tanlangan kalimalar: #tashqi savdo , #Turkiya

Aloqador xabarlar