Turkiyaga 8 oyda 31 mlndan ortiq sayyoh keldi

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi bayonotiga ko’ra, Turkiyaga avgust oyining o'zida 6 mln 307 ming 508 nafar xorijlik sayyoh keldi. Bu avvalgi yilning avgust oyiga nisbatan 17.17 foiz ortish demakdir.

1278915
Turkiyaga 8 oyda 31 mlndan ortiq sayyoh keldi

 

Turkiya joriy yilning 8 oylik davrida 31 mln 1394 nafar xorijlik sayyohga mezbonlik qildi.

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi bayonotiga ko’ra, Turkiyaga avgust oyining o'zida 6 mln 307 ming 508 nafar xorijlik sayyoh keldi. Bu avvalgi yilning avgust oyiga nisbatan 17.17 foiz ortish demakdir.

Turkiyaga avgust oyida kelgan sayyohlarning 1 mln 78 ming 904 nafari Rossiya Federatsiyasidan, 713 ming 527 nafari Germaniyadan, 421 ming 466 nafari Buyuk Britaniyadan kelganligi ma’lum bo’ldi. Eron va bolgariyalik sayyohlar ham ko’pchilikni tashkil qiladi.

Yilning dastlabki 8 oylik davri mobaynida Rossiyadan kelgan sayyohlar soni 4 mln 831 ming 341 nafarni, Germaniyadan kelgan sayyohlar soni 3 mln 384 ming 199 nafarni, Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar soni esa, 1 mln 849 ming 764 nafarni tashkil qiladi.

Turkiyaga avgust oyida kelgan sayyohlar asosan Antaliya, Istanbul va Mug’la shaharlariga sayohat qilgan.

Jahon turizm tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, Turkiya sayyohlar soni bo’yicha dunyoda 6-o’rinda, turizmdagi daromadi bo’yicha 14-o’rinda turadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #turizm , #sayyoh , #Turkiya

Aloqador xabarlar