Turkiyadan 91 davlatga mayda qizil qalampir eksport qilindi

Joriy yilda 91 davlatga amalga oshirilgan eksportdan jami 3 mln 943 ming dollarlik daromad qo’lga kiritildi.

1281190
Turkiyadan 91 davlatga mayda qizil qalampir eksport qilindi
pul biber1.jpg

 

Turkiyada ishlab chiqarilgan mayda qizil qalampir 91 davlatga eksport qilindi.

Janubi sharqiy Anadolu eksportchilar uyushmasi ma’lum qilishicha, 2018 yili Turkiyadan 5 mln 899 ming dollarlik mayda qizil qalampir eksport qilingan.

2019 yilning yanvar-sentyabr davrida esa, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Birlashgan Qirollik, Italiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Gollandiya, Ekvatorial Gvineya, Tayvand, Ukraina, Norvegiya, Quvayt, Gretsiya, Efiopiya, Kostarika va boshqa jami 91 davlatga amalga oshirilgan eksportdan jami 3 mln 943 ming dollarlik daromad qo’lga kiritildi.

Mayda qizil qalampir eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Saudiya Arabistoni birinchi o’rinda turadi. Joriy yilda Saudiya Arabistoniga 354 ming tonna qizil qalampir eksport qilindi.

Shuningdek, Germaniyaga 323 ming tonna, Birlashgan Qirollikka 142 ming tonna mahsulot eksport qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #eksport , #qizil qalampir , #Turkiya

Aloqador xabarlar