Joriy yilda Turkiyadan Rossiyaga 505547 tonna meva-sabzavot mahsuloti eksport qilindi

Rossiyaga eksport qilingan 73 ming 455 tonna shaftolidan 75 mln 846 ming 896 dollar daromad qo’lga kiritildi.

1283849
Joriy yilda Turkiyadan Rossiyaga 505547 tonna meva-sabzavot mahsuloti eksport qilindi

 

Joriy yilning yanvar-sentyabr mavsumida Turkiyadan Rossiyaga 505547 tonna meva-sabzavot mahsuloti eksport qilindi.

Bundan tushgan daromad 412 mln 651 ming 537 dollarni tashkil qiladi. Ushbu mahsulotlar ichida shaftoli birinchi o’rinda turadi.

Rossiyaga eksport qilingan 73 ming 455 tonna shaftolidan 75 mln 846 ming 896 dollar daromad qo’lga kiritildi.

O’tgan yilning ayni mavsumida Rossiyaga 72 ming 897 tonna shaftoli eksport qilingandi. Bundan tushgan daromad 66 mln 856 ming 431 dollarni tashkil qilgandi.

Natijada, Rossiyaga shaftoli eksporti o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan miqdor jihatidan 1 foiz, qiymat jihatidan 13 foiz ortish ko’rsatdi.

 



Aloqador xabarlar