AQShning davlat qarzi 23 trillion dollardan oshdi

Bu miqdor 328 mln aholiga ega bo’lgan mamlakatda kishi boshiga taxminan 70 ming dollarga to’g’ri keladi.

1299206
AQShning davlat qarzi 23 trillion dollardan oshdi

 

 

 

Dunyoning eng qudratli iqtisodiga ega bo’lgan Amerika Qo’shma Shtatlarining milliy qarzi rekord darajaga yetdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Joriy yilning 31-oktyabridagi natijalarga ko‘ra, AQShning davlat qarzi rekord summa — 23 trillion dollardan oshib ketdi. Shu yilning fevralida bu ko‘rsatkich 22 trillion dollardan oshgan edi.

Bu miqdor 328 mln aholiga ega bo’lgan mamlakatda kishi boshiga taxminan 70 ming dollarga to’g’ri keladi.

Qarzning 17 trillion dollarlik qismi fuqarolar bilan finans tashkilotlarining, 6 trillion dollarlik qismi esa davlat tashkilotlarining qarzlari hisoblanadi.

Prezident Donald Tramp davlat rahbari lavozimini egallagan davrda, 20 trillion dollardan kam bo’lgan davlat qarzi byudjet kamomadining ortishi tufayli 16 foizga o’sgan.

Mamlakatda 2019 yilgi byudjet kamomadi taxminan 1 trillion dollarni tashkil qilmoqda.

AQShda byudjet kamomadi 10 yilda 12,2 trillion dollarga ortishi taxmin qilinmoqda.

Byudjet kamomadi o’sishiga olib kelgan asosiy omillardan biri mudofaa harajatlaridan kelib chiqqanligi qayd etilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #davlat qarzi , #AQSh

Aloqador xabarlar