Turkiyadan Xitoyga 10 oyda 71 mln dollarlik findiq mahsuloti eksport qilindi

Joriy yilning 10 oyida Turkiyadan Xitoyga amalga oshirilgan oziq-ovqat mahsuloti eksporti o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 86 foizga o’sib, 205 mln dollarni tashkil qildi.

1300756
Turkiyadan Xitoyga 10 oyda 71 mln dollarlik findiq mahsuloti eksport qilindi

 

Joriy yilning 10 oyida Turkiyadan Xitoyga amalga oshirilgan oziq-ovqat mahsuloti eksporti o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 86 foizga o’sib, 205 mln dollarni tashkil qildi.

2019 yil yanvar-oktyabr mavsumida Xitoyga eksport qilingan mahsulotlar orasida findiq (turk yong’og’i) birinchi o’rinni egalladi.

O’tgan yilning 10 oyi mobaynida 34 mln dollarni tashkil qilgan findiq eksporti joriy yilning ayni davrida 107 foiz ortish ko’rsatib, 71 mln dollarni tashkil qildi.

Quritilgan meva (qoqi) mahsulotlari sektoridagi reklamalar ham o’z natijasini berdi. O’tgan yilning 10 oyida 8 mln dollarlik mahsulot eksportini amalga oshirgan sektor, bu raqamni bir yil ichida 131 foizga oshirdi. Bu esa 18 mln 427 ming dollarni tashkil qiladi.

Meva-sabzavot mahsulotlari sektori esa, ayni davrda 70 foiz ortib, Turkiya iqtisodiyotiga 25 mln dollar foyda keltirdi.

Bu yil Xitoyga gilos eksportining boshlanishi bilan mamlakatga meva-sabzavot eksporti 3 mln 380 ming dollarga yetdi.

Suv va chorva mahsulotlari sektori ham Xitoyga mahsulot eksportida peshqadamlikni qo’ldan boy bermayotir.

Sektor o’tgan yilning 10 oyida Xitoyga 6 mln 758 ming dollarlik eksport amalga oshirdi. Ya’ni Xitoy bozoriga 29 mln dollarlik mahsulot sotishga muvaffaq bo’ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #findiq eksporti , #eksport , #Xitoy , #Turkiya

Aloqador xabarlar