Joriy yilda Turkiya Yevropa davlatlariga 3 mlrd 488 mln dollarlik mujavhar eksport qildi

Qimmatbaho taqinchoqlar va mujavharlar eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Buyuk Britaniya birinchi o’rinda turadi.

1301538
Joriy yilda Turkiya Yevropa davlatlariga 3 mlrd 488 mln dollarlik mujavhar eksport qildi

 

Turkiyada Mujavhar eksportchilari ittifoqi joriy yilning 10 oyi ichida 3 mlrd 488 mln dollarlik mujavhar eksportini amalga oshirdi.

O’tgan oyning o’zida 267 mln 293 ming 310 dollar hajmida eksport amalga oshirgandi.

Ma’lumotga ko’ra, qimmatbaho taqinchoqlar va mujavharlar eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar birinchi o’rinda turadi. Yevropa davlatlariga jami 113 mln 989 ming 170 dollarlik mujavhar eksport qilingan.

Ro’yxatga nazar tashlanganda, 5 nafar yirik davlat diqqatlarni o’ziga jalb qiladi.

Bular Buyuk Britaniya (48 mln 436 ming 944 dollar), AQSh (25 mln 322 ming 700 dollar), BAA (23 mln 696 ming 569 dollar), Gong Kong (18 mln 580 ming 655 dollar) va Liviya davlatlari (15 mln 85 ming 112 dollar) hisoblanadi.

Oktyabr oyida eng ko’p eksport qilingan mahsulotlar oltindan yasalgan qimmatbaho taqinchoqlar va zargarlik buyumlarini tashkil qiladi. Bularning qiymati 160 mln 630 ming 785 dollarni tashkil qiladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #eksport , #qimmatbaho tosh , #Mujavhar

Aloqador xabarlar