Rossiyaning neft eksporti joriy yilda 3.3 foiz oshdi

Rossiya Federal bojxona xizmati ma’lum qilishicha, davlatning neft eksporti yanvar-sentyabr oyida 3.3 foiz oshib, 197.6 mln tonnaga yetdi.

1304296
Rossiyaning neft eksporti joriy yilda 3.3 foiz oshdi

 

Rossiyaning neft eksporti joriy yilning 9 oyida o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 3.3 foiz oshdi.

Bundan tushgan daromad 4 foizga pasaydi.

Rossiya Federal bojxona xizmati ma’lum qilishicha, davlatning neft eksporti yanvar-sentyabr oyida 3.3 foiz oshib, 197.6 mln tonnaga yetdi.

Eksport hajmidagi ortishga qaramay, xalqaro bozorlarda neft bahosining pasayishi daromadning kamayishiga olib keldi.

Bu davrda Rossiyaning neft eksportidan tushgan daromad o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 4 foiz kamayib, 90.4 mlrd dollarga pasaydi.

Rossiyaning ko’mir eksporti 4.9 foiz oshib, 153.5 mln tonnaga yetar ekan, bundan tushgan daromad 12.3 mlrd dollarni tashkil qildi.

Eslatish joizki, Rossiya o’tgan yili neft eksportidan 129 mlrd dollar daromad qo’lga kiritgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #neft , #eksport , #Rossiya

Aloqador xabarlar