Istanbulga 10 oyda 12 mlndan ortiq xorijlik sayyoh keldi

Bu yilgi natija 2018 yilning oktyabr oyidagi natija bilan taqqoslanganda, xorijlik sayyohlar soni 11.91 foiz ortish ko’rsatganligi kuzatiladi.

1317995
Istanbulga 10 oyda 12 mlndan ortiq xorijlik sayyoh keldi

 

Joriy yilning oktyabr oyidan e’tiboran Turkiyaning Istanbul shahriga 12 mln 690 ming 376 nafar xorijlik sayyoh keldi.

Bu haqda Istanbul hokimi Ali Yerlikaya tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, bu yilgi natija 2018 yilning oktyabr oyidagi natija bilan taqqoslanganda, xorijlik sayyohlar soni 11.91 foiz ortish ko’rsatganligi kuzatiladi.

“Istanbulning mehmondo’stligiga hissa qo’shgan xalqimga minnatdorlik bildiraman”,-deb yozadi Istanbul hokimi Ali Yerlikaya tvitterdagi sahifasida.

Bunga ko’ra, 2019 yilning dastlabki 10 oyi mobaynida Istanbul shahriga Germaniyadan 965 ming 115, Iroqdan 595 ming 847, Fransiyadan 436 ming 429, Erondan 774 ming 682, Rossiyadan 586 ming 317, Buyuk Britaniyadan 421 ming 292, Saudiya Arabistonidan 403 ming 25, Xitoydan 335 ming 749, Amerikadan 396 ming 828, Quvaytdan 297 ming 808 va boshqa mamlakatlardan 7 mln 477 ming 284 nafar xorijlik sayyoh keldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turizm , #sayyoh , #Istanbul

Aloqador xabarlar