Turkiyadan Rossiyaga qiymati 214 mln dollardan ortiq sitrus mevalar eksport qilindi

Bundan tushgan daromad 214 mln 698 ming 494 dollarni tashkil qildi.

1326220
Turkiyadan Rossiyaga qiymati 214 mln dollardan ortiq sitrus mevalar eksport qilindi

 

Joriy yilda Turkiyadan Rossiyaga 214 mln 698 ming 494 dollarlik sitrus mevalar eksport qilindi.

Bu haqda Sharqiy Qoradengiz eksportchilar ittifoqi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, shu yilning (yanvar-noyabr) 11 oyi mobaynida Turkiyadan Rossiyaga 393 ming 548 tonna sitrus mevalar eskport qilindi. Bundan tushgan daromad 214 mln 698 ming 494 dollarni tashkil qildi.

Buning 230 ming 352 tonnasi mandarin bo'lib hisoblanadi. Faqatgina mandarin eksportidan tushgan daromad 117 mln 923 ming 287 dollarni tashkil qiladi.

Bu davrda Rossiyaga 54 mln 947 ming 966 dollarlik limon va 23 mln 710 ming 346 dollarlik apelsin eksport qilindi.

Bu davrda Turkiyaning Sharqiy Qoradengiz mintaqasidan Rossiyaga 73 ming 383 tonna 40 mln 564 ming 262 dollar qiymatida sitrus mevalar eksport qilindi. Bundan tushgan daromad 40 mln 564 ming 262 dollarni tashkil qiladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #mandarin , #apelsin , #sitrus mevalar , #Turkiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar