Rossiya va Ukraina o'rtasida tabiiy gaz tranziti bo'yicha shartnoma imzolandi

“Gazprom” rahbari Aleksey Miller Ukraina bilan Rossiya o’rtasida Rossiya gazining 1 yanvardan e’tiboran Ukraina orqali tranzitini ta'minlovchi hujjatlar paketi imzolanganligini ma’lum qildi.

1332631

Aleksey Miller Avstriya poytaxti Venada o’tkazilgan 5 kunlik muzokaralardan so‘ng matbuotga intervyu berdi.

“Rossiya va Ukraina o’rtasida bir qator shartnoma imzolandi. Mazkur shartnomalar ikki davlatning manfaatlariga xizmat qiladigan buyuk hujjatlar paketi hisoblanadi. Bugundan boshlab ushbu hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘ladi va 2019 yil 31 dekabrdan keyin Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini ta'minlaydi”, -deb ma’lum qilgan “Gazprom” rahbari Aleksey Miller.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma'lum qilishicha, mazkur shartnoma 5 yillik muddatga imzolangan.

“Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini ta'minlovchi hujjatlar asosida 7 mlrd dollardan ko‘proq daromad kutyabmiz. Ikki tomon ham shartnomani 10 yilga uzaytirish huquqiga ega. Hujjat asosida birinchi yili 65 mlrd kubmetr, qolgan 4 yilda 40 mlrd kubmetrdan gaz o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan”,-deb aytgan Vladimir Zelenskiy.

Rossiya va Ukraina o’rtasida tabiiy gaz yetkazish va Rossiya gazining Ukraina orqali Yevropaga tranzitini ta’minlovchi shartnoma muddati bugun tugashi kerak edi.

Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Aleksey Miller , #Gazprom

Aloqador xabarlar