Rossiya Hindiston uchun eng yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi

“The Times of India” gazetasi xabariga ko'ra, Hindiston may oyida Rossiyadan taxminan 25 million barrel neft sotib oldi, bu esa barcha neft importining 16 foizdan ortig'iga to'g'ri keladi.

1842834
Rossiya Hindiston uchun eng yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi

 

Rossiya Hindistonga Iroqdan keyingi ikkinchi yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi.

“The Times of India” gazetasi xabariga ko'ra, Hindiston may oyida Rossiyadan taxminan 25 million barrel neft sotib oldi, bu esa barcha neft importining 16 foizdan ortig'iga to'g'ri keladi.

2021 va 2022-yillarning birinchi choragida mamlakat tomonidan sotib olingan xom neftning umumiy dengiz importidagi ulushi 1 foizdan past bo‘lgan bo‘lsa, aprel oyida birinchi marta 5 foizga yetdi.

Iroq o'tgan oy Hindistonning eng yirik neft yetkazib beruvchisi sifatida o'z mavqeini saqlab qoldi, Saudiya Arabistoni Rossiyadan ortda qoldi va uchinchi o'rinni egalladi.

Dunyodagi uchinchi yirik neft importchisi Hindiston 24-fevralda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri Rossiyadan xom neft sotib olishni yoqlab keladi.

Neft vazirligi o'tgan oy Rossiyadan olingan neft Hindistonning umumiy iste'moli bilan solishtirilganda ahamiyatsizligicha qolayotganini e'lon qildi.

Ukraina urushi tufayli turli sanktsiyalarga duchor bo'lgan Rossiyaning xom neftiga qiziqish pasaydi.

Dunyoda energiya narxi oshib borayotgan bir paytda Hindiston o'zining energiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun arzon rus neftidan foydalanishni ko’zlamoqda.

Mamlakat Rossiya neftini barreliga 30 dollarga yaqin chegirma bilan sotib olmoqda.


Tanlangan kalimalar: #neft , #Hindiston , #Rossiya

Aloqador xabarlar