Turkiya 2018 yili Venesuelaga 120 mln dollardan ortiq oziq-ovqat mahsuloti eksport qildi

O’tgan yili Turkiyadan Venesuelaga amalga oshirilgan eksport miqdori bir yil oldingiga nisbatan 223 foiz oshdi.

1144333
Turkiya 2018 yili Venesuelaga 120 mln dollardan ortiq oziq-ovqat mahsuloti eksport qildi

O’tgan yili Turkiyadan Venesuelaga amalga oshirilgan eksport miqdori bir yil oldingiga nisbatan 223 foiz oshdi.

Bu 37 mln 432 ming dollardan 120 mln 800 ming dollarga chiqdi demakdir.

Turkiya 2017 yili Venesuelaga 37 mln 432 ming dollarlik eksport amalga oshirgan edi.

Mamlakatda ro’y berayotgan siyosiy tartibsizliklar va iqtisodiy qiyinchiliklardan so’ng, Turkiya Venesuelaga yordam qo’lini uzatdi.

Turkiya 2018 yili Venesuelaga 120 mln 800 ming dollarlik oziq-ovqat mahsuloti eksport qildi.

Bular orasida 27 mln 886 ming dollarlik makaron, 13 mln 642 ming dollarlik kungaboqar yog’i, 7 mln 860 ming dollarlik bug’doy uni va 5 mln 41 dollarlik qizil chechevitsa kabi mahsulotlar bor.

Shu bilan birga, Turkiyadan Venesuelaga 1 mln 546 ming dollarlik makkajo’xori uni va 1 mln 324 ming dollarlik shakar mahsuloti eksport qilindi.

Joriy yilda Venesuela bilan Turkiya o’rtasidagi eksport hajmi keskin ko’tarildi.

2018 yil yanvar oyida 1 mln 752 ming dollarni tashkil qilgan eksport hajmi joriy yil yanvar oyida bu raqam 411 foiz o’sgan holda 8 mln 958 ming dollarga yetdi.

O’sish tezligi bu shaklda davom etgan taqdirda, 2019 yil ohirigacha eksport hajmi 200 mln dollargacha ko’tarilishi ko’zda tutilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Venesuela , #eksport

Aloqador xabarlar