“Akkuyu” AESning ikkinchi blogini qurish ishlari 2020-yilning birinchi choragida boshlashi mumkin

Rossiyaning atom energiyasi bo’yicha “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyev, Turkiyaning birinchi atom elektr stansiyasi “Akkuyu” ning qurilish jarayonini baholadi.

1332082
“Akkuyu” AESning ikkinchi blogini qurish ishlari 2020-yilning birinchi choragida boshlashi mumkin

Rossiyaning atom energiyasi bo’yicha “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyev, Mersindagi “Akkuyu” atom elektr stansiyasining ikkinchi blogi uchun qurilish ishlarining 2020-yilning birinchi choragida boshlashi mumkinligini qayd etdi.

Aleksey Lixachyev mavzu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, Turkiyaning birinchi atom elektr stansiyasi “Akkuyu” ning qurilish jarayonini baholadi.

Loyihaning qurilishi uchun maydondagi faoliyatlarning rejalashtirilganidek davom etganligini eslatib o’tgan Lixachyev,

“Akkuyu atom elektr stansiyasining ikkinchi blogi uchun faoliyatlar boshladi. Qurilish ishlari 2020-yilning birinchi choragida boshlashi mumkin. Poydevor qo'yish marosimi mart oyida o’tkaziladi” dedi.

Aytib o’tish joizki “Akkuyu” atom elektr stansiyasining qurilishi haqidagi hukumatlararo shartnomaga Rossiya bilan 2010-yili qo’l qo’yilgan.

Umumiy quvvati 4,800 megavatt bo'lgan va 4 reaktordan iborat “Akkuyu” atom elektr stansiyasining 2023-yili foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Akkuyu , #Rosatom , #Aleksey Lixachyev

Aloqador xabarlar