Akkuyu AESning uchinchi energoblogining qurilishiga ruxsat berildi

Turkiyaning, “Akkuyu” deb nomlangan birinchi atom energiya stansiyasining uchinchi energoblogining qurilishi uchun ruxsat olindi.

1530553
Akkuyu AESning uchinchi energoblogining qurilishiga ruxsat berildi

Turkiyaning, “Akkuyu” deb nomlangan birinchi atom energiya stansiyasining uchinchi energoblogining qurilishi uchun ruxsat olindi.

AES tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, shirkatning 2019 – yilning 28 – martidagi murojaatini ko‘rib chiqqan yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat nazorati organlari, 13 – noyabr kuni Akkuyu AESning uchinchi energoblogining qurilishiga ruxsat bergan.

Cheklangan faoliyat ruxsati 23 – iyulda olingan uchinchi energoblogida, qurilish ishlariga ruxsat berilishi bilan reaktor va turbinali binolar kabi yadro xavfsizligi doirasidagi barcha binolarning qurilishi va yadroviy xavfsizlik bilan aloqali tizim va uskunlarni montaj qilish ishlarini boshlatish mumkin.  

To‘rtinchi energoblogining qurilishi uchun 12 – mayda yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat nazorati organlarigataqdim etilgan murojaat hujjatlari ustidan esa, ko‘rib chiqish ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Akkuyu AES

Aloqador xabarlar