Aliyev, "Boku-Tbilisi-Kars" temir yo'lining qit'adagi o'rniga e'tibor qaratdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Afg'oniston Prezidenti Ashraf Gani va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan yig'ilish o'tkazdi.

1448042
Aliyev, "Boku-Tbilisi-Kars" temir yo'lining qit'adagi o'rniga e'tibor qaratdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, 2020-yilning oltinchi oyida Boku-Tbilisi-Kars temir yo'li orqali tashilgan yuk hajmining, 2019-yilning ayni davriga nisbatan 3.7 barobarga ko'pligini qayd etdi.

Aliyev, Afg'oniston Prezidenti Ashraf Gani va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan videomuloqat orqali yig'ilish o'tkazdi. 

Ozarbayjon Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko'ra Aliyev, Boku-Tbilisi-Kars temir yo'lining 2017-yili hizmatga tushgani va buning tarixiy voqea ekanligini qayd etgan.

Bu liniyaning, "Temir ipak yo'li" deyilishining tasoduf emasligini ham ifoda etgan Ilhom Aliyev,

"Bu loyiha qit'alarni bir-biriga bog'lamoqda. Osiyo bilan Yevropa o'rtasida o'rin olgan Ozarbayjon, Yevroosiyodagi yuk tashish, logistika tarmog'iga muhim hissalar qo'shmoqda. 2020-yilning oltinchi oyida Boku-Tbilisi-Kars temir yo'li orqali tashilgan yuk hajmining, 2019-yilning ayni davriga nisbatan 3.7 barobarga ko'p" degan ifodalarga o'rin bergan.



Aloqador xabarlar