Antaliya aeroporti bu yil 35 million 186 ming 716 yo’lovchiga xizmat qildi

Antaliya aeroporti, Turkiyada eng ko’p yo’lovchi kuzatgan Istanbuldan keyingi ikkinchi aeroport hisoblanadi.

1331120
Antaliya aeroporti bu yil 35 million 186 ming 716 yo’lovchiga xizmat qildi

Turkiyada Istanbuldan keyingi eng ko’p yo’lovchi kuzatgan Antaliya aeroportida joriy yilning 1-yanvaridan boshlab 22-dekabrigacha xalqaro terminalda 28 million 385 ming 852, mahalliy terminallarda 6 million 800 ming 864 jami 35 million 186 ming 716 yo’lovchiga xizmat qildi.

Fraport TAV Antaliya aeroporti Bosh direktori Deniz Varol, 16 million sayyohga mezbonlik qilgan Antaliyada, aeroportdan foydalangan yo’lovchi sonida ham borgan sari muhim ortish kuzatilayotganligini qayd etdi.  

Deniz Varol, Antaliya aeroportida dunyoning bir necha davlatidan kelgan yo’lovchilarga mezbonlik qilganligini va joriy yilning 1-yanvaridan boshlab 22-dekabrigacha xalqaro terminalda 160 ming 890; mahalliy terminallarda esa 43 ming 548 uchoqning qonib uchganligiga to’xtaldi.

Varol, Antaliya aeroportida yo’lovchilarning 80 foizining yoz mavsumida bo’lishini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Fraport TAV Antaliya aeroporti Bosh direktori Bilgihan Yilmaz esa Antaliya aeroporti xizmat bergan yo’lovchi soni jihatidan Yevropada on to’rtinchi qatorda ekanligini, bu yil esa on uchinchi qatorga ko’tarilishini ifoda etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Antaliya aeroporti

Aloqador xabarlar