Antaliyaga kelgan sayyohlar sonida ortish qayd etildi

Antaliya - betakror sohillari, tarixiy va tabiiy go‘zalliklari bilan Turkiyaning eng muhim turizm markazlaridan biridir.

1842636
Antaliyaga kelgan sayyohlar sonida ortish qayd etildi

Bu yil Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 3 milliondan oshdi.

Dengizi, qumi, quyoshi va tabiiy go‘zalliklari bilan mahalliy va chet ellik sayyohlarning e’tiborini o‘ziga jalb etgan Antaliyada turizm faolligi ortishda davom etmoqda.

Viloyatdagi Madaniyat va turizm boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilning 1-yanvaridan 12-iyunigacha havo yo‘li orqali shaharga kelgan sayyohlar soni 3 million 104 ming 300 nafarni tashkil etgan.

O‘tgan yilning shu davrida 949 ming 182 kishiga quchoq ochgan Antaliyada, bu yil sayyohlar sonida 227 foiz ortish kuzatildi.

Iyun oyining dastlabki 12 kunida esa shaharga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 241 foizlik ortish bilan 688 ming 993 nafar sayyoh keldi.


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #sayyohlar , #havo yo‘li

Aloqador xabarlar