BMT, “Covid - 19 dunyoda 250 million kishini ochlikka mahkum qildi.”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, “Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi, dunyoda 250 million kishini ochlikka mahkum qildi.”

1451340
BMT, “Covid - 19 dunyoda 250 million kishini ochlikka mahkum qildi.”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining, dunyo miqyosida 250 million kishini ochlikka mahkum qilgani borasida ogohlantirdi.

BMTning O‘ta qashshoqlikka qarshi kurash va Inson huquqlari maxsus ma’ruzachisi Olivier De Schutter, yangi turdagi koronavirus pandemiyasining dunyo miqyosida 250 million kishini ochlikka mahkum qilganligi, 2030 - yilgacha qashshoqlikdan chiqish masalasining qiyinlashganini bildirdi.

Schutter, o‘zidan oldingi ma’ruzachi Philip Alstonning global qashshoqlik haqida tayyorlagan hisobotini, MBT Inson huquqlari kengashiga taqdim etdi.

Qashshoqlikka qarshi mazmunli kurashish uchun faqatgina o‘sishning o‘zi yetarli emasligiga e’tibor qaratgan Schutter, qashshoqlikka qarshi kurashda, boylikning takror keng tarqatilishi kerakligi haqidagi fikrini bildirdi.  

Schutter, Covid – 19 pandemiyasining 250 milliondan ortiq insonni ochlikka mahkum qilgani, pandemiyaning 176 million kishini o‘ta qashshoqllikka mahkum qilishi, ayollar, ko‘chmanchi ishchilar va muhojirlar ham doxil kam ta’minlanganlarni “uzoq muddatgacha paymol qilinishiga” yo‘l ochishi mumkinligi bo‘yicha ogohlantirdi.  


Tanlangan kalimalar: #BMT , #ochlik , #pandemiya

Aloqador xabarlar