Botsvanada dunyoning eng yirik uchinchi olmosi topildi

Dunyoda bugungacha topilgan eng yirik olmos hisoblangan 3106 karatli Kullinan olmosi ham 1905-yili Janubiy Afrikada topilgandi.

1660110
Botsvanada dunyoning eng yirik uchinchi olmosi topildi

Janubiy Afrika davlatlaridan Botsvanada dunyoning eng yirik uchinchi olmosi topildi.

Botsvananing olmos ishlab chiqaruvchi firmasi Debsvana tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, 1-iyun kuni topilgan 1098 karatli olmosning, o‘z turiga ko‘ra “dunyodagi eng yirik uchinchi qimmatbaho toshi” ekani ta’kidlandi.

Bayonotda aytilishicha qazib olingan olmos, mamlakat poytaxti Gaboronaga olib borilib, Botsvana Prezidenti Mokgveetsi Erik Keabetsve Masisga taqdim etilgan.

Debsvana direktori Lynette Armstrong, qazib olingan olmosning Botsvana uchun  katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, “Kurashayotgan xalqimizga umid baxsh etmoqda”. - dedi.

Dunyoda bugungacha topilgan eng yirik olmos hisoblangan 3106 karatli Kullinan olmosi ham 1905-yili Janubiy Afrikada topilgandi.



Aloqador xabarlar