Bu yil Antaliyaga 16,5 milliondan ortiq sayyoh kelishi kutilmoqda

Turkiya Sayyohlik agentliklari ittifoqi O‘rta yer dengizi mintaqasi vakillik kengashi rahbari Riza Perchin, 2024 - yili sayyohlar soni bo‘yicha Antaliyada rekord o‘rnatilishi mumkinligini qayd etdi.

2113288
Bu yil Antaliyaga 16,5 milliondan ortiq sayyoh kelishi kutilmoqda

Taxminlarga ko‘ra bu yil Antaliyaga 16,5 milliondan ortiq sayyoh keladi.

Turkiya Sayyohlik agentliklari ittifoqi O‘rta yer dengizi mintaqasi vakillik kengashi rahbari Riza Perchin, 2024 - yili sayyohlar soni bo‘yicha Antaliyada rekord o‘rnatilishi mumkinligini qayd etdi.

Perchin oldindan o‘rin ajratish jarayonining ijobiy tusda davom etayotgani va Angliya, Polsha hamda Yevropa shaharlaridan kelgan raqamlar asosida bu yilgi mavsumni umid bilan boshlaganliklarini ifoda etdi.

Perchin, may oyida rossiyalik sayyohlar bozorining avj olishini va hatto o‘tgan yilga qaraganda bu yil yana – da ko‘p rus sayyoh kelishiga ishonchi komil ekanliklarini ta’kidladi.

Antaliyada tatbiq etilgan eng yaxshi tizimning “hamma narsani o‘z ichiga olgan” tizim ekaniga e’tibor qaratgan Perchin,

“Antaliyaga 17 millionga yaqin sayyoh keladi desak, ularning 70 - 80 foizi bizning xuddi shu tizimimizga kelishiga ishonchimiz komil. Va biz buni eng a’lo darajada yo‘lga qo‘yganlardanmiz”, - dedi.

Eslatib o‘tamiz Antaliya o‘tgan yili 15 million 689 ming 258 nafar chet ellik sayyohga quchoq ochib, rekord qayd etgandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #sayyoh , #Riza Perchin

Aloqador xabarlar