Fitch Turkiyaning yangi kredit reytingini tasdiqladi

Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri “Fitch Ratings” Turkiyaning yangi kredit reytingini tasdiqladi.

1298955
Fitch Turkiyaning yangi kredit reytingini tasdiqladi

Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri “Fitch Ratings” Turkiyaning kredit reytingi bo’yicha prognozini “BB-“ darajasida ekanligini aniqlagan holda ko’rsatkichini “salbiy” dan “barqaror”ga o’zgartirdi.

Agentlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Turkiya o’z iqtisodiyotining barqarorlashtirilishida shaxdam qadamlar tashlagan va hatto iyul oyidan beri pasayish xavfini kamaytirgan.

To’lov balansi ko’rsatkichining yaxshilanishi, valyuta zaxiralarining ko'payishi, iqtisodiy o'sishning davom etishi va inflyatsiyaning pasayishi bunda muhim rol o’ynaganligi ta’kidlandi.

Shuningdek bunda foiz stavkasining pasaytirilishi, Turk lirasi qadrining ko’tarilishi, qulay global moliyaviy muhitni yaratish va Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Suriya masalasi ustidan Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritishni ko’zda tutgan qarorning bekor qilinishi ham bunga katta ta’sir ko’rsatganligi qayd etildi.

Agentlik bayonotida aytilishicha Turk lirasi iyul oyidan beri AQSh dollari oldida “barqaror” darajasini saqlab qolgan.  

Fitch, Turkiyaning 2019-yilgi iqtisodiy o'sishi prognozini ham qayta ko'rib chiqib uni 0.3 foizdan 0.8 foizga ko’targan.

Agentlik, Turkiyaning kelasi yilgi o’sish tahminini esa 3.1;  2021-yil uchun esa 3.6  deb qayd etgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Fitch , #kredit reytingi

Aloqador xabarlar