Indoneziya, Covid-19 yuzasidan 2 yil aholini ish bilan ta’minlay olmaydi

Covid - 19 bo‘yicha Sharq davlatlaridagi oxirgi vaziyat.

1451056
Indoneziya, Covid-19 yuzasidan 2 yil aholini ish bilan ta’minlay olmaydi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 547 ming 150, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 11 million 977 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 6 million 920 nafarni ortda qoldirdi.

Hindistonda yana 482 kishining vafot etishi bilan Covid – 19 dan vafot etganlar soni 20 ming 653 nafarga yetdi. Mamlakatda oxirgi 24 soatda yana 22 ming 752 kishida Covid – 19 holati aniqlandi va ularning umumiy soni 744 ming 6 nafar deb qayd etildi.

Koronavirus ilk paydo bo‘lgan Xitoyda oxirgi 24 soatda yana 7 kishi o‘ziga virus yuqtirib olgan. Bu orqali Covid – 19 bemorlarining umumiy soni 83 ming 572 nafarga yetdi. Mamlakatda bugungacha 4 ming 634 kishi pandemiya yuzasidan vafot etdi.

Janubiy Koreyada pandemiya boshlagan ilk kundan beri jami 285 kishi vafot etdi. Kasallikni nazorat qilish va uni oldini olish markazidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra mamlakatda oxirgi bir kunda 63 kishi koronavirusga chalingan. Umumiy holat soni 13 ming 244 nafar.

Rossiyada o‘lim holati soni 10 ming 667, bemorlar soni esa 700 ming 792 nafarga yetdi.  

Covid – 19 dan 11 ming 931 kishi vafot etgan Eronda holat soni 245 ming 688 nafar.

Isroilda 342 kishi Covid – 19 dan vafot etar ekan o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 32 ming 222 nafarga yetdi.

Janubiy Afrikada oxirgi 24 soatda yangi turdagi koronavirus tufayli 192 kishi vafot etdi, umumiy raqam 3 ming 502. Holat soni 10 ming 134 nafarga ko‘paydi va umumiy raqam 215 ming 855 nafar.

Sudanda oxirgi 24 soatda Covid – 19 tufayli 6 kishi vafot etdi, yangi 103 holat aniqlandi. Bu orqali virusdan vafot etganlar soni 622 nafarga, holat soni esa 9 ming 997 ga chiqdi.

Vafot etganlar soni 9, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 787 nafarni tashkil etgan Zimbabyeda Sog‘likni saqlash tashkiloti vaziri Obadiah Moyo, koronavirus pandemiyasi jarayonida korrupsiyada ayblanib o‘z vazifasidan chetlatildi. Moyo, Covid – 19 jarayonida 60 million dollarlik tibbiy ashyo ta’minoti ustidan korrupsiyada ayblanib, o‘tgan oyda hibsga olingandi.  

Covid – 19 dan 3 ming 309 kishi vafot etgan Indoneziyada yangi turdagi koronavirus yuzasidan davlat 2 yil o‘z fuqarolarini ish bilan ta’minlay olmasligini bildirildi.

Dunyoning boshqa davlatlarida Covid – 19 dan vafot etganlar soni quyidagicha:

Pokiston 4 ming 922, Iroq 2 ming 685, Bangladesh 2 ming 151, Saudiya Arabistonida 2 ming 17, Quvayt 377, Birlashgan Arab Amirliklari 326 va Qatar 14.



Aloqador xabarlar