Istanbul o‘tgan yili Yevropada sayohat qilganlarning 7 foizini mehmon qildi

EUROCONTROL ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili qit’a bo‘ylab mahalliy va xalqaro reyslarda taxminan 900 million yo‘lovchi sayohat qilgan.

1764013
Istanbul o‘tgan yili Yevropada sayohat qilganlarning 7 foizini mehmon qildi

Yevropada o‘tgan yili havo yo‘li orqali sayohat qilganlarning 7 foizini mehmon qilgan Istanbul, 2020-yilga nisbatan yo‘lovchilar sonini 22 millionga oshirdi.

Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili qit’a bo‘ylab mahalliy va xalqaro reyslarda taxminan 900 million yo‘lovchi sayohat qilgan.

Yevropada 2021-yili uchgan barcha yo‘lovchilarning qariyb 7 foizi Istanbul orqali sayohat qilgan. Nomi tilga olingan mintaqada undan oldingi yil bu nisbat 5 foiz deb qayd etilgandi.

O‘tgan yili Istanbuldagi aeroportlarning hammasi ustidan hisob qilinganida mahalliy qatnovlarda 26 million 713 ming 191, xalqaro qatnovlarda 35 million 432 ming 79 nafar jami 62 million 145 ming 270 yo‘lovchi mehmon qilingan.

Istanbulda oldingi yili havo yo‘li orqali 40 million 361 ming 570 kishi bordi-keldi qilar ekan o‘tgan yil 2020-yilga nisbatan 21 million 783 ming 700 yo‘lovchi ko‘p sayohat qilib, 54 foizlik ortish kuzatilgan.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Yevropa , #havo yo‘li , #EUROCONTROL

Aloqador xabarlar