“Izmir xalqaro yarmarkasi”, shu bilan sakson sakkizinchi marotaba o’z darvozasini ochdi

“Izmir xalqaro yarmarkasi”, shu bilan sakson sakkizinchi marotaba o’z darvozasini ochar ekan undan oldin turk ishbilarmonlari va mamlakatga kelgan chet ellik ishbilarmonlar o’rtasida o'zaro uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

1265229
“Izmir xalqaro yarmarkasi”, shu bilan sakson sakkizinchi marotaba o’z darvozasini ochdi
izmir enternasyonal fuari1.jpg

Izmir xalqaro yarmarkasi viloyatdagi “Kültürpark” deb nomlangan ochiq osmon ostidagi teatrda uyushtirilgan marosim orqali shu bilan sakson sakkizinchi marotaba o’z darvozasini ochdi.  

Mamlakatning Savdo vaziri Ruhsar Pekjan mazkur marosimda so’zlagan nutqida yarmarkaning bu yilgi sherigi hisoblanagan Xitoyning bir yillik 23.6 milliard AQSh dollariga teng bo’lgan o’zaro savdo hajmi bilan Turkiyaning eng muhim uchinchi savdo sherigi ekanligini qayd etdi.

Yarmarkadan oldin turk ishbilarmonlari va mamlakatga kelgan chet ellik ishbilarmonlar o’rtasida bo’lib o’tgan o’zaro uchrashuvlarda muhim shartnomalarga qo’l qo’yilganligini eslatib o’tgan Pekjan,

“Bundan buyon Xitoy bilan birgalikda faqatgina savdo sherigi emas ayni vaqtda investitsiya tarmog’ida ham hamkorlik qilish uchun birinchi qadamlarimizni tashladik” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ruhsar Pekjan Izmir xalqaro yarmarkasiga o’tgan yili 1.2 million kishining tashrif buyurganligini, bu yil esa ular sonining ortishini kutayotganliklarini belgilab o’tgan holda, Izmirning Turkiyaning dunyoga ochilgan katta darvozasi ekanligini belgilab o’tgan holda buni yana-da mustahkam nuqtaga olib chiqish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Savdo vaziri,

“Eng asosiy maqsadimiz Izmirning keng va buyuk salohiyatini butun dunyoga tanitib, bu orqali viloyatni Sharqiy O’rta yer dengizining ish va savdo markaziga aylantirishdir” dedi.

Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirining o'rinbosari Li Chenggang ham, yarmarkada ishtirok etishdan xursand ekanligini aytib o’tgan holda, 3 qit’a birlashgan nuqtada o’rin olgan Turkiyaning jahon savdosida muhim ko’prik ekanligini, Izmirning qadimiy Ipak yo’lining dengiz va quriqlikdan o’tgan yo’llarining kesishgan nuqtasi ekanligini qayd etdi.

Shu bilan sakson sakkizinchi marotaba o’z darvozasini ochgan Izmirdagi xalqaro yarmarka 6-sentabrida o’z ishini boshlar ekan 15-sentabrgacha davom etadi.   

Yarmarkada dunyoning 39 davlatidan qariyb 180 firma ishtirok etmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar