Kolumbiya Kovid - 19 ga qarshi kurash bo‘yicha Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Kolumbiya yangi turdagi koronavirus yani Kovid - 19ga qarshi kurash bo‘yicha Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

1384159
Kolumbiya Kovid - 19 ga qarshi kurash bo‘yicha Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Kolumbiya Turkiyadan yuborilgan 26 ming dona yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) ni aniqlash vositasining yetib kelganligini ma’lum qildi.

Kolumbiya Milliy oziq - ovqat va dori - darmonlarni nazorat qilish instituti yani INVIMA tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda Kovid - 19 infektsiyasining yana da tezroq aniqlanishi uchun Turkiyadan yakshanba kuni yuborilgan 26 ming dona diagnostika vositasining yetib kelganligini bildirdi.  

INVIMA raisi Julio Kesar Aldana, Turkiya hukumatiga ko’magi uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Turkiya hukumati, Davlat rahbari Ivan Duque va bir necha tashkilotimiz yordamida Kovid - 19 infektsiyasini yana - da tezroq aniqlash imkoniga egamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Kolumbiya tashqi savdo vaziri o’rinbosari Laura Valdivieso ham Turkiyaning ko’magi orqali Kovid - 19 ga qarshi kurash doirasida diagnostika vositalarining ortishini qayd etdi.

Eslatib o’tamiz, aholi soni 50 millionga yetib qolgan mamlakatda bugungacha 235 Kovid - 19 holati aniqlanar ekan ulardan 3 kishi vafot etgan.



Aloqador xabarlar