Kun tahlili 37 - qism

Sharqiy O‘rta yer dengizidagi geosiyosiy kurash

1488935
Kun tahlili 37 - qism

Oxirgi haftalarda Sharqiy O‘rta yer dengizida yuz bergan voqealar, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mamlakatlarini o‘z ichiga olgan mintaqadagi geosiyosiy kurash manzarasini yaqqol o‘rtaga qo‘ydi. Super geosiyosiy kurash sohasi sifatida ifoda etishimiz mumkin bo‘lgan bu mintaqaning keyingi davrda ko‘plab raqib kuch sinashgan mintaqalardan biriga aylanishi shubhasiz.

***

Sharqiy O‘rta yer dengizida yuz bergan masalalar, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy raqobatning davomi sifatida yo‘l oladi. Saudiya Arabistoni va BAA, Levant mintaqasida Misr va Isroilning tabiiy ittifoqchisi sifatida O‘rta yer dengizidagi raqobatga qo‘shildi. Bu jabhaning eng asosiy maqsadi, Turkiyaning qurshab olinishi va imkonlarining cheklanishi. Bu nuqtada, yuqorida nomi tilga olingan mamlakatlar Gretsiya va Kiprning grek qismi bilan yangi ittifoq tashkil etdi. Oxirgi vaqtlarda BAA – Gretsiya harbiy mashqini bunga o‘rnak sifatida ko‘rsatish mumkin.

Bu blokning eng asosiy maqsadi Turkiyaning qurshab olinishi va imkonlarining cheklanishi. Qurshab olish yoki o‘rab olinishi, Turkiyaga qarshi geosiyosiy tomonning Turkiyaning harakat qilish sohasini toraytiruvchi siyosatlarni o‘rtaga tashlashi; cheklash esa Turkiyaning harbiy kuchini muvozanatlash orqali harbiy ta’sirini minimallashtirish deb tushintirish mumkin.  

Qurshab olishning ilk unsurlaridan biri Turkiyani muvozanatlash uchun xalqaro koalitsiya tashkil etish. Bu ma’noda Gretsiya ommaviy axborot vositasida, Turkiya Sovuq urush davridagi Sovet ittifoqiga o‘xshatilmoqda. Buning ikkinchi unsuri esa O‘rta yer dengizida geosiyosiy va geo – iqtisodiy kurashdan iborat. Bu nuqtada Turkiyaning Liviya va O‘rta yer dengizi harakatlari jabhani bezovta qilgan eng asosiy masalaga aylandi.   

Turkiyani o‘rab olish uchun tuzilgan ittifoqda Gretsiya bosh Fransiya esa o‘ziga asabiy qadamlar bilan joy topishga uringan o‘yinchi sifatida paydo bo‘lmoqda. Makronning Levantda o‘zi uchun joy topishga harakat qilishini, bu maqsadda tashlangan bir qadam sifatida ko‘rish lozim. Fransiya Yevropada paydo bo‘lgan boshlikni, eski kuchiga – kuch qo‘shish orqali to‘ldirish va bu bilan Germaniya oldida yangi o‘rin qo‘lga kiritishni xohlamoqda.

Gretsiya esa judayam qulay sabablar bilan ish olib bormoqda. Turkiya markazga joylashtirilgan “ideologik” ellinistik strategiyani bir tomonga tashlab qo‘ygudek bo‘lsak unda maqsad, Turkiya oldida yolg‘iz qolmaslik uchun ko‘p tomonli koalitsiyaning bir bo‘lagi sifatida foyda ko‘rishdan iborat. AQSh, Isroil, BAA, Misr, Fransiya, Saudiya Arabistoniga to‘xtamay ko‘z qisishining sababi shu. Zero Turkiya bilan yolg‘iz kurashish Gretsiyaning terang qorquvlarini takror o‘rtaga chiqishiga yo‘l ochishi mumkin.

Cheklash strategiyasi esa harbiy unsurlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’noda, AQSH bilan Gretsiyaning mudofaa tarmog‘idagi hamkorlik tashabbusidan maqsad Turkiyani harbiy jihatdan muvozanatlash ekanligini yaqqol o‘rtaga qo‘ymoqda. Bu asosda, AQShning oxirgi davrlarda tashlagan qadamlariga e’tibor qaratishda foyda bor. Kritdagi Souda harbiy bazaning kengaytirilib, modernizatsiya qilinishi; Larisa aeroportining yangilanishi; Stefanovikio  aviabazasining kengaytirilishi; Aleksandroupoli portining modernizatsiya qilinishi kabi vaziyatlar bu borada tashlangan qadamlar qatorida o‘rin oladi. Bundan tashqari AQShning F – 35 larni yetkazib berish masalasida Gretsiyaga ko‘z qisishi, Gretsiyaning Fransiyadan 18 dona (8 tasi tuxfa) Rafale rusumidagi urush uchog‘i xarid qilib olishi kabi xususlar ham Turkiyani muvozanatlash uchun amalga oshirilgan ishlardan biridir.  

Boshqa jihatdan olib qaraganda Vashington yetakchiligining Kiprning grek qismiga nisbatan kiritilgan qurol embargosini bekor qilishini bildirishi ham, yuqoridagi ro‘yhatga ilova etilishi darkor. Lekin, bu nuqtada hozircha AQShning Kiprning grek qismini og‘ir qurollar bilan ta’minlashi kutilmayapdi. Zero bunday harakat, Turkiyani yoqotish va Kipr ustidan turk alternativlarining yo‘lga qo‘yilishi ham hamma tomonidan tahmin etilayotgan bo‘lishi aniq. Shu o‘rinda 1997 – yildagi inqirozni yodga olishda foyda bor. Kiprning grek qismi Rossiyadan ana shu davrlarda S – 300 olishga urindi. Vaqtni qo‘ldan boy bermay Turkiyaning o‘z vaqtida ham orolni o‘rab olishi, ham da bunga ruxsat bermasligini aks ettirishi natijasida Kiprning grek qismi yetakchiligi raketalarni Gretsiyaga berishga majbur bolgandi.

Turkiyaning qurshab olinishi yoki mamlakat imkonlarini cheklash hozircha siyosiy loyihadan iborat. Loyihaning yo‘lga qo‘yilishi eng ko‘p NATOga ziyon yetkazadi. Sharqiy O‘rta yer dengizi bu ma’noda eng muhim sinov sohasiga aylandi. Sharqiy O‘rta yer dengizi bundan buyon geosiyosiy, geoiqtisodiy va harbiy tarmoqdagi tarangliklarga tez – tez sahna bo‘ladi. Eng muhimi bu taranglikda qarorli va sabrli bo‘lgan tomon yutuqqa erishadi.

 



Aloqador xabarlar