Kun tahlili 49-qism

Dasturimizning bugungi sonida G-20 Liderlar sammiti va Jamol Kashikchining qatl etilishi haqidagi buyruqni berganligi iddio etilgan Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmonning bugungi kundagi vaziyati haqida so’z qilamiz.

1101916
Kun tahlili 49-qism

Otkan hafta Argentinada uyushtirilgan va ikki kun davom etkan (30-noyabr 1-dekabr kunlari) G-20 sammitida ko'pchilik dunyo liderlari ishtirok etdi. Shu fursatdan foydalanib ular oliy darajali uchrashuvlar o’tkazdi. Mazkur uchrashuvlarda Amerika Qo’shma Shtatlari va Xitoy o’rtasidagi iqtisodiy urush bilan Istanbuldagi Saudiya Arabistoni Bosh konsullik binosida o’ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining qatl etilishi haqidagi buyruqni berganligi iddio etilgan Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muahmmad bin Salmonning vaziyati, qo’lga olingan eng muhim masalalardan bo'ldi.   

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosida qo’l urilgan Kashikchi jinoyati ortidan Turk tomonining muvaffaqiyatli tergovi va xalqaro hamjamiyatning talabi natijasida Saudiya Arabistoni qilgan jinoyatni bo’yniga olishdan qochib qutilolmay qoldi. "Washington Post" gazetasi muhbiri Jamol Kashikchining o’ldirilishida ayblangan kishilar ustidan Saudiya adliyasi tomonidan sud jarayonining boshlatilishiga qaramay, jinoyat haqidagi buyruqning kim tomonidan berilganligi haligacha aniqlangani yo’q. Buning natijasida Saudiya Sudi tomoni voqeani ba’zi rasmiylarning epchilligi deb e’lon qilishsa-da strelkalar Saudiya Arabistonining valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmonni ko’rsatmoqda. Chunki Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) tergov natijasida, “Jinoyatning ortidagi kishi Muhammad bin Salmon bo’lishi mumkin” degan fikrini matbuotga pichirlab qoygan.

Jarayon shunday davom etar ekan Saudiya Aranistonining valiaxd shahzodasi eng avvalo Arab mamlakatlariga safar uyushtirdi. Ortidan esa Argentinadagi G-20 liderlar sammitida ishtirok etdi. Arab dunyosidagi amir va qirollar bilan uchrashuvlar o’tkazgan Muhammad bin Salmon eng oxiri Tunisga bordi lekin uning bu safariga tunisliklar norozichilik bildirdi. Muhammad bin Salmonning Tunisga bo’lgan tashrifi arablarning katta norozichiligiga yo’l ochar ekan ularning valiaxd shahzodani Kashikchi jinoyatidan mas’ul tutgan plakatlari butun dunyo e’tiborlarni o’ziga jalb etdi.  

Tunisga bo’lgan tashrifidan keyin G-20 sammitida ishtirok etkan Muhammad bin Salmon Argentinada Saudiya Arabistoni elchixonasida tunashni to’g’ri deb topdi. Argentinada valiaxd shahzodaga qarshi Kashikchi jinoyati ustidan Sudga shikoyat qilinishi va Argentina Sudining mazkur shikoyatni qabul qilishi e’tiborlarni o’ziga qaratdi. Muhammad bin Salmon G-20 sammitida ishtirok etdi lekin unda bir necha dunyo lideri sammit chog’ida valiaxd shahzoda bilan birgalikda suratga tushmaslikka harakat qildi. Bir nechagina o’zaro uchrashuvlar amalga oshirgan Muhammad bin Salmon Fransiya Prezidenti Makron tomonidan kameralar oldida haqorat qilinayotgandek tanqid qilindi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin esa Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan samimiy ravishda suratlarga tushdi.

G-20 sammiti o’z yakuniga yetkach Kashikchi jinoyati va Muhammad bin Salmon masalasida Amerika Qo’shma Shtatlarida muhim voqealar yuz berdi. Unga ko'ra Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) saylangan ba’zi yetakchi Amerika Senati a’zolari uchun Kashikchi jinoyati haqida maxsus brifing uyushtirdi. Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tkan huddi mana shu brifing ortidan, kameralar oldidagi senator Corker bilan Graham, Kashikchi jinoyatidan Muhammad bin Salmonning javobgar ekanligi masalasida hech qanday shubga va ikkilanish tuyg’ulari ichida emasliklarini ifoda etdilar. Shuningdek Turk Sudi tomonidan Muhammad bin Salmonning eng yaqinidagi ikki kishi ustidan nazorat ostiga olish haqida qaror qabul qilinishi, Muhammad bin Salmon uchun qurshovning borgan sari torayib borayotganligini ko’rsatmoqdadir.

G-20 sammitidagi ikkinchi muhim masala esa Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida davom etkan iqtisodiy urushdir. AQSh bilan Xitoy o’rtasidagi savdoda katta import va eksport muvozanatsizligining borligi Amerika boshqaruviga yo’qmadi va eng yomoni AQSh Davlat rahbari Trump bu muammoni hal qilish o’rniga Xitoyga nisbatan sanksiya kiritishga qaror qildi. Bunga javob tariqasida Xitoyning ham Amerika tovarlariga qarshi sanksiya kiritishi ikkala mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy urushga rasmiy tus qozondirdi. Judayam yirik raqamlar bilan o’sishga muvaffaq bo‘lgan Xitoy iqtisodiyoti Amerika Qo’shma Shtatlarining dunyodagi o’rnini xavf ostiga qo’yishi jihatidan muhimdir. Buning ustiga bir necha Amerika firmasining o’z mahsulotini Xitoyda ishlab chiqartirishi, ikkala mamlakat o’rtasidagi raqobatni yana-da kuchayishiga yo’l ochdi.

 

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.

 

 



Aloqador xabarlar