Kushadasi, bu yilgi mavsumning eng daromadli kunlaridan biriga duch keldi

Kruiz turizmining muhim markazlaridan biri bo’lgan Turkiyaning Aydin viloyatiga qarashli Kushadasi tumani, bu yilgi mavsumning eng daromadli kunlaridan biriga duch keldi.

1276029
Kushadasi, bu yilgi mavsumning eng daromadli kunlaridan biriga duch keldi

Kruiz turizmining muhim markazlaridan biri bo’lgan Turkiyaning Aydin viloyatiga qarashli Kushadasi tumani 3 ta kemaga mezbonlik qilish orqali bu yilgi mavsumning eng daromadli kunlaridan birini boshdan kechirdi.

Kushadasining Egey portiga kecha ertalab Bahama bayrog’i osib qo’yilgan “Wind Star” va “Seven Seas Voyager” shuningdek, Malta bayrog’i osilgan “Celestyal Olympia” deb nomlangan 3 ta kruiz kema keldi.  

Kemalardan tushgan va ko’pchiligi amerikalik bo’lgan (2 630) yo’lovchilarning bir qismi avtobuslar orqali Efes va Maryam ona safariga chiqar ekan, ba’zilari esa (1500) tuman markazida sayr qilib, savdo sotiq qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Kushadasi , #Kruiz kemasi , #Kruiz turizmi

Aloqador xabarlar