Mudofaa va aviatsiya sanoati bu yil eksport tarmog’da rekord o’rnatdi

Mudofaa va aviatsiya sanoati 2018-yili muhim shartnomalarga qo’l qo’yar ekan uning natijasini hozirdan ola boshladi va hatto mazkur tarmoqdagi eng ko’p eksportni amalga oshirishga ham muvaffaq bo’ldi.

1101620
Mudofaa va aviatsiya sanoati bu yil eksport tarmog’da rekord o’rnatdi

Mudofaa va aviatsiya sanoati 2018-yili muhim shartnomalarga qo’l qo’yar ekan uning natijasini hozirdan ola boshladi va hatto mazkur tarmoqdagi eng ko’p eksportni amalga oshirishga ham muvaffaq bo’ldi.

Turkiya Eksportchilar majlisi hisobotiga ko’ra mudofaa va aviatsiya tarmog’i 2011-yili 883 million 845 ming, 2012-yili 1 milliard 260 million 810 ming, 2013-yili 1 milliard 388 million 803 ming, 2014-yili 1 milliard 647 million 799 ming, 2015-yili 1 milliard 654 million 88 ming dollarlik eksport amalga oshirgan.

Tarmoq 2016-yili 1 milliard 677 million 116 ming, o’tgan yili ham 1 milliard 739 million 453 ming dollarlik eksportga qo’l qo’ygan.

O’tgan yili 11 oyda 1 milliard 535 million 529 ming dollarlik eksport amalga oshirgan tarmoq, bu yilning 11 oyi ichida mazkur raqamni 16.05 foizga orttirdi. Bu orqali tarmoq hali 2018-yil tugamay turib 1 milliard 782 million 53 ming dollarlik eksportga qo’l qo’ydi. Natijada mudofaa va aviatsiya sanoati hali 2018-yil tamomlanmay turib har yilgiga qaraganda ertaroq eng yuroqi darajadagi eksport raqamini qo’lga kiritdi.

Oxirgi yillardagi tarmoqda kuzatilgan 200 million dollardan ham ortgan dekabr oyi eksporti e’tiborga olinganida yil yakunigacha bu yilgi eksport raqamining 2 milliard dollardan ham ortishi kutilmoqda.  

Mudofaa va aviatsiya sanoati bu yil o’z mahsulotlarini eng ko’p Amerika Qo’shma Shtatlariga eksport qildi. Undan 644 million 29 ming dollarlik daromad olindi.

AQShdan keyin Germaniya (211 million 684 ming dollar) ortidan esa Ummon (150 million 516 ming dollar) o’rin oldi.

Aytib o’tish joizki ularni Gollandiya (72 million 351 million dollar), Hindiston (71 million 686 ming dollar), Qatar (70 million 981 ming dollar), Angliya (50 million 661 ming dollar), Polsha (409 ming dollar), Fransiya (44 million 505 ming dollar) va Ozarbayjon (37 million 465 ming dollar) kuzatdi.





 

 


 



Aloqador xabarlar