Oʻzbekiston 27.6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari eksport qildi

Oʻzbekiston oʻtgan yilning 11 oyida roppa-rosa 27.6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari eksport qildi.

1760528
Oʻzbekiston 27.6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari eksport qildi

Oʻzbekiston 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida dunyoning 33 davlatiga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 27,6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston 2021-yilning 11 oyida eng ko‘p quyidagi davlatlarga qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan:

Rossiya – 16,4 ming tonna

Qozogʻiston – 4,7 ming tonna

Afgʻoniston – 1,8 ming tonna

Qirgʻiz R. – 1,3 ming tonna

Belarus R. – 974 tonna

Tojikiston – 908 tonna

Ukraina – 549 tonna

Koreya – 485 tonna

Ozarbayjon – 157 tonna

Turkmaniston – 86 tonna

AQSH – 44 tonna

Germaniya – 29,5 tonna

Shvetsiya – 18,3 tonna

 



Aloqador xabarlar