Pompeo, “Shimoliy oqim-2 loyihasi Yevropaning energiya xavfsizligini xavf ostiga qo’yadi”.

Rasmiy tashrif bilan hozirda Polshada bo’lgan Pompeo, u yerda Tashqi ishlar vaziri Jacek Czaputowicz bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1144625
Pompeo, “Shimoliy oqim-2 loyihasi Yevropaning energiya xavfsizligini xavf ostiga qo’yadi”.
Pompeo-Czaputowicz.jpg

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo rus gazini Germaniyaga yetkazib berishi rejalashtirilgan “Shimoliy oqim-2” loyihasining Yevropaning energiya xavfsizligini xavf ostiga qo’yishi mumkinligini iddio etdi.

Rasmiy tashrif bilan hozirda Polshada bo’lgan Pompeo, u yerda Tashqi ishlar vaziri Jacek Czaputowicz bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.  

Anjuman chog’ida, “Shimoliy oqim-2” loyihasining Yevropaning energiya xavfsizligini xavf ostiga qo’yishi mumkinligini iddio etgan Pompeo,

“Vashington quvir liniyasi loyihasiga qarshi chiqmoqda chunki bu Rossiyaning tabiiy gaz eksportidagi ustunligini orttirib boshqa Yevropa davlatlarini Rossiyaga qaram qilib qo’yadi” dedi.

AQSh va Polsha o’rtasidagi energiya tarmog’ida yo’lga qo’yilgan hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratgan Pompeo, Polshaning NATO doirasida javobgarchiligini bajarishidan xursand ekanligini ham qayd etdi.

Xitoyning Huawei kompaniyasiga ham to’xtalgan Pompeo, mustaqil Polsha davlatining bunday texnologiyadan foydalanishi o’zining qarori ekanligini lekin Xitoy kompaniyalariga oid texnologiyalardan foydalanishlik xavf tashkil etishi mumkinligini ilgari surdi.

Czaputowicz esa “Shimoliy oqim-2” loyihasi haqida amerikalik kasbdoshi bilan bir xil fikrda ekanligini belgilab o’tar ekan ayni vaqtda yuqorida nomi tilga olingan loyihaning Yevropaning energiya xavfsizligiga foyda bermasligini iddio etdi.

Uchrashuvda Polshadagi AQSh harbiylari sonining orttirilishi masalasining ham qo’lga olinganligini ta’kidlagan Czaputowicz, Rossiyaning ayniqsa Ukrainaga qarshi tashlagan hujumkor qadamlarining Polsha va AQSh tomonidan qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar