Prezident Erdo’g'an,milliy valuta bilan savdo mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etganini bildirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, savdo urushi davrida milliy valuta bilan savdo mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etganini bildirdi.

1326263
Prezident Erdo’g'an,milliy valuta bilan savdo mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etganini bildirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, savdo urushi davrida milliy valuta bilan savdo mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etganini bildirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Malayziyada Kuala-Lumpur Sammitining “Milliy suverenitetni olishda rivojlanishning roli” sessiyasida nutq so’zladi.

“ Birgalikda nima qila olamiz” savoli ustida to’xtatishimiz kerak deb ta’kidlagan Erdo’g’an,

Biz chet el valutalari bilan savdo qilishdan ko'ra, milliy valutalar bilan savdoning muhimligiga e'tibor qaratamiz. Savdo urushi davrida milliy valutalar bilan savdo qilish masalasi dolzarb bo'lib qoldi. Ushbu masala bo'yicha siz bilan ishlashga tayyormiz” dedi.

Erdo’g'an, Islomiy moliya masalasiga ham ustuvor ahamiyat berishlari kerakligini aytdi.

 Foiz o’rniga   ishlab chiqarishga yo'naltirilgan alternativ moliyalashtirish manbalarida Malayziya  dunyoda yetakchi mavqega ega. Biz musulmonlar sifatida juda yosh va jo'shqin aholiga egamiz, ammo bizda inson kapitalini jalb qiladigan ta'lim bilan bog'liq jiddiy muammolar mavjud”,- ded u.

Erdo’g'an majlis davomida matbuot vakillarining savollariga javob berdi va shunday dedi:

"Ayni paytda bizning  yurtimizga  Idlibdan 50 ming kishi kelmoqda.  Zotan 4 million odam bor, endi yana 50 ming kishi kelmoqda" dedi.

Erdo’g'an G'arb mamlakatlarining Suriyaga bo'lgan munosabatini tanqid qildi.

Erdo’g’an,

"Xavfsiz zona barpo qilaylik, deganimizda, ular bu yerga  hech qanday yordam bermaydilar, ammo qurol haqida gap ketganda, qurol kelib qoladi” dedi u.

Erdo’g'an,

"Ular" biz terrorizmga qarshi kurashishimiz kerak "deyishadi. Terrorchilar bilan qanday kurashamiz?  Gap bilan emas amal bilan bo’ladi” deb qayd etdi.

Malayziya Bosh vaziri Mahathir Muhammad shunday dedi:

"Bizning muammolarimizni (islom dunyosida) hal qilish uchun nima qilishimiz kerak – bu esa  o'zimizning bozorimizni yaratish”,-  dedi u.

Mahathir Muhammad,

"Turkiya mudofaa sanoatida  rivojlanmoqda.  Malayziya bu sohada Turkiyadan ko'p  narsalar o'rganyapti," deydi u.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Muhim , #Savdo , #Valuta , #Milliy , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar