Prezident Erdo'g’an Trakiyada yangi gaz konlari topilganligini ma’lum qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatning Edirne viloyatidagi Selimiye maydonidagi Edirne mitingida xalqqa xitob etdi.

1146637
Prezident Erdo'g’an  Trakiyada yangi gaz konlari topilganligini ma’lum qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Trakiyada 3 milliard kub metr zaxiraga ega bo’lgan yangi gaz konlari topilganligini ma’lum qildi.

Prezident Erdo'g’an mamlakatning Edirne viloyatidagi Selimiye maydonidagi Edirne mitingida xalqqa xitob etdi.

Mazkur xitobida energetikada ichki resurslardan foydalanish masalasini eng oliy darajaga olib chiqishni va bu borada tashqariga bo’lgan qaramlilikni kamaytirish payidaliklarini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“2017-yili elektr energiyaning 45 foizi mahalliy resurslardan ishlab chiqarildi. O’tgan yili esa bu raqam 60 foizga chiqdi” dedi.  

Trakiyada mavjud tabiiy gaz ishlab chiqarish masalasini 2 barobarga chiqara oladigan, 3 milliard kub metr zaxiraga ega bo’lgan yangi gaz konlari topilganligini ham eslatib o’tgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an,

“Bu raqam 300 ming xonaning 10 yillik gaz talabiga javob beradigan darajadadir” dedi.



Aloqador xabarlar