Qirg’iziston poytaxti Bishkekda THYning yangi markaziy ofisi ochildi

THY Qirg’iziston faoliyatlarini 1996-yilning may oyida boshladi. Ana shu davrda 1 haftada 2 reys qatnagan THY bugungi kunda bir haftada 17 reys qatnamoqda.

1182428
Qirg’iziston poytaxti Bishkekda THYning yangi markaziy ofisi ochildi
thy biskek2.jpg
thy biskek1.jpg

Qirg’iziston poytaxti Bishkekda Turk Havo yo’llarining yangi markaziy ofisi marosim bilan ochildi.

Sotish va boshqaruv ofisining ochilishida Qirg’izistonning Transport va yo’llar vaziri o’rinbosari Jenishbek Nogoybayev, Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Jengiz Kamil Firat, THYning Osiyo va Uzoq sharq sotish rahbari o’rinbosari Tunjay Emino’g’li va ba’zi rasmiylar ishtirok etdi.

Marosimda nutq so’zlagan Nogoybayev Qirg’izistonning THY bilan hamkorlik ichida ekanligini eslatib o’tgan holda,

“Hamkorligimizni rivojlantirib, kengaytirmoqdamiz. THY, Istanbul-Bishkek-Istanbul va Istanbul-Bishkek-Ulanbator qatnovini yo’lga qo’ymoqda. Bugun muhim kunlardan biri. Istanbulda yangi aeroport ochilgan paytda THY ham Bishkekda yangi ofisini xizmatga tushirmoqda. Hammaga oq yo’l” deya gapirdi.

Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Jengiz Kamil Firat ham THYning Bishkek ofisining qutlug’ bo’lishini tilab,

“THY, mashhur shirkatlarimizdan biridir. Milliy bayrog’imizni hilpiratgan Turkiyaning eng qadrli markasi hisoblanadi” dedi.

Qizg’iziston bilan Turkiyaning qardosh va do’st davlat ekanligini eslatib o’tgan elchi,

“Bu ikkala mamlakat o’rtasidagi do’stlik ko’prigini THY yo’lga qo’ymoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

Elchi, THYga Istanbul-Bishkek-Istanbul safarlari bilan birga Anqara-Bishkek-Anqara va Qirg’izistonda Bishkek-Osh safarlarini boshlatishlarini taklif qilganliklarini ma’lum qildi.  

Tunjay Emino’g’li ham THYning dunyoning eng yosh flotlaridan biriga ega ekanligini ta’kidlagan holda, dunyoning 307 nuqtasiga qatnagan THYning eng ko’p nuqtaga qatnagan havo yo’li shirkati unvoniga ega ekanligini o’z so’ziga ilova etdi.

Emino’g’li, THYning Qirg’iziston faoliyatlarini 1996-yilning may oyida 1 haftada 2 reys qatnash orqali boshlatganligini, bugungi kunda esa bir haftada 17 reys qatnay boshlaganligini qayd etdi.

Emino’g’li kelajakda Qirg’iziston bilan Turkiya o’rtasida yana-da ko’proq qatnov yo’lga qo’yish niyatida ekanligini ham unutmadi.



Aloqador xabarlar