Sharqiy Qora dengizdan dunyoning 12 davlatiga 9 ming 915 tonna dengiz mahsuloti sotildi

Sharqiy Qora dengizdan 9 oyda dunyoning 12 davlatiga 9 ming 915 tonna dengiz mahsuloti sotildi.

1532660
Sharqiy Qora dengizdan dunyoning 12 davlatiga 9 ming 915 tonna dengiz mahsuloti sotildi

Sharqiy Qora dengiz Eksportchilar uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra Sharqiy Qora dengizdan yilning yanvar oyidan boshlab sentabr oyigacha dunyoning 12 davlatiga 9 ming 915 tonna dengiz mahsulotlari sotilgan.

Undan 44 million 237 ming 460 dollar daromad qo‘lga kiritilgan.

Rossiya Federatsiyasi, Vetnam va Gruziya mintaqadan eng ko‘p dengiz mahsuloti xarid qilib olgan davlatlar ro‘yhatidan o‘rin olgan.

Mintaqadan yilning 10 oyida Rossiyaga 8 ming 12 tonna dengiz mahsulotlari eksport qilinar ekan undan 37 million 436 ming 72 dollar daromad qo‘lga kiritilgan.

Vetnamga eksport qilingan mahsulotlardan 3 million 47 ming 238 dollar, Gruziyaga eksport qilingan mahsulotlardan esa 1 million 585 ming 882 dollar daromad olingan.

 

 



Aloqador xabarlar