Szijjartoni: “Turk oqimi loyihasi Vengriyaning energiya xavfsizligini mustahkamlaydi”.

Vengriyaning Tashqi ishlar va Tashqi savdo vaziri Peter Szijjartoni, Turk oqimi loyihasining Vengriyaga qo’shadigan hissasi haqida gapirdi.

1329904
Szijjartoni: “Turk oqimi loyihasi Vengriyaning energiya xavfsizligini mustahkamlaydi”.

Vengriyaning Tashqi ishlar va Tashqi savdo vaziri Peter Szijjartoning qayd etishicha, Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasi Vengriyaning energiya xavfsizligini mustahkamlashga ijobiy hissa qo’shadi.

Szijjarto, Vengriya axborot agentligiga bergan bayonotida Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasining Serbiya qismidagi 403 kilometrlik faoliyatning tamomlanganidan xursandligini aytib o’tdi.

Vengriyalik vazir, yurtining energiya xavfsizligini mustahkamlashga ijobiy hissa qo’shishini ta’kidlagan loyihaning Vengriya bilan aloqali qismining rejalashtirilganidek davom etganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Szijjarto, 2021-yildan e’tiboran quvir liniyasining Vengriyaga bir yilda 9.8 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berilishini eslatib o’tgan holda,

“G’arb davlatlarining tanqidlari butunlay asossiz. Chunki yangi quvir liniyasi yo’lagida o’rin olgan 4 ta Yevropa davlatidan 3 tasi NATOga a’zodir” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Aytib o’tish joizki Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasi orqali Rossiyaning tabiiy gazi Qora dengiz orqali Turkiyaga, Turkiya orqali esa Yevropaga yetkazib berilmoqchi.

 



Aloqador xabarlar