THY, Nyu-York - Istanbul qatnovlarini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi

Turk Havo yo‘llari, Nyu-York - Istanbul qatnovlarini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.

1386073
THY, Nyu-York - Istanbul qatnovlarini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi

Turk Havo yo‘llari (THY) yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) epidemiyasiga qarshi kurash doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlati Nyu-York - Istanbul qatnovlarini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.

Bu bo‘yicha THY Bosh direktori Bilal Ekshi ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postida, Nyu - York qatnovining bekor qilinganini bildirdi.

Ekshi, xalqaro qatnovlar 27- mart 2020 - yil soat 23:59 (Turkiya vaqti bilan) dan e’tiboran 17- aprelgacha faqatgina cheklangan ravishda xizmat berishini va xalqaro xizmatlarga qiziqqanlarning mavzu haqidagi ma’lumotlarni THYning rasmiy internet sayti orqali kuzatib borishlari mumkinligini ifoda etdi.   

THYning internet saytida o‘rin olgan ma’lumotda esa,

“2020 - yil 27 - mart soat 23:59 (THY) e’tiboran Chikago, Vashington, Gonkong, Moskva va Addis-Abada dan tashqari barcha xalqaro qatnovlarimiz 2020 - yilning 17 - apreligacha to‘xtatiladi” degan ifodalarga o‘rin berilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #THY , #Nyu-York - Istanbul qatnovlari

Aloqador xabarlar